«Oʻtkan kunlar» ingliz tilida nashr qilindi
2019-yilda millatparvar yozuvchi Abdulla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romani amerikalik sharqshunos Mark Eduard Riz tarjimasida, ingliz tilida “Bygone days” nomi bilan kitob holida chop qilindi.
2019-yilning 27-dekabr kuni Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida, joriy yilning 27-aprel kuni esa yurtimizda, Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida — Abdulla Qodiriy haykali yonida kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Mark Riz Abdulla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romanini oʻzbek tilidan inglizchaga toʻliq oʻgirgan dastlabki tarjimon hisoblanadi. Tarjima uchun romanning 1926-yil bosilgan ilk va qisqartirilmagan nashri tanlangan. Tarjima ishlari 2004-yilda boshlanib, 2019-yilda yakunlangan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, oʻzbek adabiyoti tarjimoni Mark Edvard Riz madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi hissasi uchun 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring