Oʻtgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilindi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investitsiyani koʻpaytirish uchun qoʻshimcha 300 milliard soʻmlik kredit liniyalari ochiladi. Bu kreditlar boʻyicha foizlarning bir qismini Tadbirkorlik jamgʻarmasidan qoplash tartibi joriy qilinadi.
Yigʻilishda xorijiy sayyohlarning Oʻzbekistonda bir kun koʻproq qolishi – yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshirishi taʼkidlandi.
Misol uchun, bugungi kunda Xorazmda turistlarning qolish muddati – oʻrtacha 2 kun, sarflaydigan mablagʻi – 220 dollar. Xorijiy turistlar Buxoro, Samarqandga qaraganda Xorazmda 2,5 baravar kam. Lekin, Xorazmda sayyohlarni 3-4 kun olib qolish va 400-500 dollar xarajat qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Yoki, oʻtgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilindi. Bu imkoniyatdan Forish, Urgut, Xoʻjayli, Payariq, Nurota tumanlari va Angren shahri samarali foydalangan.
Na temir yoʻli bor, infratuzilmasi rivojlanmagan, chekka hududda joylashgan bu tumanlarda shuncha oʻzgarish boʻlib, sharoiti ancha yaxshi boʻlgan Kogon, Kitob, Xatirchi, Qiziltepa, Yangiqoʻrgʻon, Toyloq, Boysun, Parkent, Bogʻot tumanlari bu imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring