Oʻtgan yilda “tez yordam”ga qancha yolgʻon chaqiruv kelib tushgan?

17:07 03 Fevral 2025 Jamiyat
437 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati oʻtgan 2024-yil davomida “103” xizmatiga nechta yolgʻon murojaat kelib tushganini ochiqladi.

Unga koʻra, 2024-yilda “tez yordam” xizmatiga 2700 dan ziyod yolgʻon chaqiriq kelib tushgan.

“Tez tibbiy yordam xizmati sifati, eng avvalo, «103” brigadalarining chaqiriq manziliga oʻz vaqtida yetib borishi bilan belgilanadi», deyiladi xabarda.

Aytilishicha, koʻp xollarda fuqarolardan “tez yordam” avtomashinalari bemor oldiga kechikib borgani haqidagi eʼtirozlar kelib tushgan. Taʼkidlanishicha, bu holatlarga ayrim fuqarolardan tushayotgan yolgʻon chaqiruvlar sabab boʻladi.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan 2024-yil davomida “103” xizmatiga jami 2713 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan. Mazkur koʻrsatkich 2023-yilning ayni shu davri bilan taqqoslaganda, qariyb 792 taga kamayganligini koʻrish mumkin.

Tahlillarga koʻra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida eng koʻp yolgʻon chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilgan. Viloyatda yil davomida 645 ta yolgʻon chaqiruv kelib tushganligi holati qayd etilgan. Qashqadaryo viloyati 436 ta yolgʻon murojaat bilan ikkinchi, Fargʻona viloyati esa 259 ta yolgʻon chaqiruv qabul qilib, uchlikdan joy olgan.

“Eng kam yolgʻon chaqiriq Sirdaryo viloyatida roʻyxatga olingan. Hududda yil davomida atigi 17 ta yolgʻon murojaat kelib tushgan”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер