Oʻtgan yilda mingdan ziyod qimmatbaho daraxt noqonuniy kesilgan
Oʻzbekistonda 2024-yilda 600 ming tupdan ortiq daraxtlar kesilishining oldi olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼlumot berdi.
Unga koʻra, vazirlik va hududiy nazorat boshqarmalari inspektorlari tomonidan daraxtlar kesilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Natijada oʻtgan yillar davomida daraxtlar kesilishi kamayib borgani kuzatildi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yilda qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1 669 tani tashkil qilib, 2021-yilga nisbatan 2 513 taga yoki 61 foizga kamaygan. 2023-yilda esa qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1 097 taga yetib, 2022-yilga nisbatan 572 taga yoki 35 foizga qisqargan.
Jumladan, 2024-yilga kelib qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1 098 tani tashkil qilgan. Shuningdek, jamoatchilik nazorati va profilaktika tadbirlari natijasida yil davomida 142 ming 135 tup qimmatbaho daraxtlar, 492 ming 136 tup kam qimmatli daraxtlar, jami 634 ming 271 tup daraxtlar kesilishining oldi olinib, ularning yashovchanligi saqlab qolingan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi PF-5863-son Farmoniga asosan oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy eʼlon qilingan.
2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-46-son Farmonga koʻra esa 2022-yil 1-yanvardan daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring