OTB Oʻzbekistonga suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash uchun 125 mln dollar kredit ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga suv resurslarini boshqarish sektorini modernizatsiya qilish uchun 125 million dollar kredit ajratadi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, ushbu loyiha suv taʼminoti xavfsizligini yaxshilash, iqlim oʻzgarishiga qarshi zaiflikni kamaytirish hamda kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish orqali Oʻzbekistonda xavfsiz va ishonchli suv taʼminotidan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Jumladan, loyihada aktivlarni boshqarish va xizmat koʻrsatish barqarorligini yaxshilash uchun IT yechimlari asosida suv boshqaruvi tizimlarini yaxshilash hamda suv taʼminoti korxonalarida xodimlarning institutsional salohiyatini oshirish nazarda tutilmoqda.
Ushbu loyiha “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga suvdan foydalanishning muhim obyektlarida suv sarfini hisobga olish va telemetriya tizimini oʻrnatishni yakunlashda yordam berishi aytilmoqda.
Maʼlumot uchun, Osiyo taraqqiyot banki 1966-yilda tashkil topgan boʻlib, Oʻzbekiston unga 1995-yilda aʼzo boʻlgan. Bugungi kunda OTBga aʼzo boʻlgan davlatlar soni 69 tani tashkil qilib, ularning 49 tasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring