Ot sporti: vatandoshlarimiz gʻalaba qozondi

13:31 12 Dekabr 2022 Sport
630 0

Polshaning Leshno shahri ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. 

Turnirning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasining sardori Bekzod Qurbonov oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik. 

Quvonarlisi, eng asosiy dastur – balandligi 150 sm.ni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida ham yurtdoshimiz gʻalaba qozondi.

Gran-pri maqomini olgan mazkur dasturda joriy yil yuqori natijalar koʻrsatib kelayotgan Nurjan Tuyakbayev “Lansellota” oti bilan eng yuqori natijani qayd etdi. 

Endi terma jamoamiz vakillari 15-18-dekabr kunlari Polshaning boshqa bir shahri Poznandagi 3*Longines musobaqasida oʻz omadini sinab koʻrishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер