Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan samolyot yoʻlakdan chiqib ketdi
Foto: Ostona aeroporti axborot xizmati
Shveysariya aviakompaniyasiga tegishli samolyot Qozogʻiston poytaxtidagi aeroportga favqulodda qoʻnib, ekipaj xatosi tufayli yoʻlakdan chiqib ketdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Tokiodan Syurixga uchayotgan Boeing 777-300ER samolyoti Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan. Bunga 50 yoshli yoʻlovchida insult alomatlari aniqlangani sabab boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, samolyot muvaffaqiyatli qoʻnganidan soʻng, burilish chogʻida ekipaj xatosi tufayli sirgʻalib, yoʻlakdan chiqib ketgan. Hodisada jabrlanganlar borligi haqida xabar berilmagan.
Buning ortidan Ostona aeroporti barcha reyslar uchun ikki soatga yopilgan. Oqibatda bir qancha muntazam reyslar kechiktirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring