“Osmondagi bolalar-3” filmi suratga olinadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Oʻzbekfilm” kinokonserni DUK tomonidan “Osmondagi bolalar-3” badiiy filmi yaratiladi.
Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Film ssenariy muallifi va rejissyor Zulfiqor Musoqov.
“Osmondagi bolalar-3” toʻliq metrajli badiiy filmi avvalgi qismlarini takrorlamasdan oʻzgacha talqinda suratga olinadi. Unda “Osmondagi bolalar 1,2” filmlaridagi qadrdon qahramonlar Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyorlarning otalik maqomiga erishgani va farzandlari bilan munosabatlari aks etadi.
Zulfiqor Musoqov mashhur “Osmondagi bolalar” filmining yangi talqini haqida gapirdi:
— Menga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qachon “Osmondagi bolalar” filmini navbatdagi qismi chiqadi? Bizga qahramonlarning taqdiri qanday boʻlgani juda qiziq” degan koʻplab murojaatlar boʻldi. Bundan bilinadiki, tomoshabin ularni oʻzlari bilan bir hayotda yashayotgandek qabul qilgan.
Shundan soʻng, “Osmondagi bolalar-3” filmini ssenariysini yozdim. Uni Kinematografiya agentligi Badiiy kengashiga taqdim qildim. Kengash film ssenariysini ijobiy baholadi. Hozirda ijodiy guruh bilan mazkur kinofilm ustida ish boshlaganmiz.
Qahramonlar oʻsha-oʻsha. Aktyorlarga taklifimni aytganimda, ular bajonidil rozi boʻldi. Filmda Xurshid koʻzga koʻringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi boʻlib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shugʻullanadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, kinorejissyor Zulfiqor Musoqov “Abdullajon”, “Bomba”, “Kichkina tabib”, “Osmondagi bolalar 1, 2”, “Vatan”, “Xazonrezgi”, “Qoʻrgʻoshin”, “Novda”, “Qovun”, “Dadam betob”, “Berlin-Oqqoʻrgʻoni”, “Hayrat” kabi filmlarni suratga olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring