«Osiyo bolalari» II qishki xalqaro sport oʻyinlari musobaqasining ochilish marosimi oʻtkazildi

13:22 27 Fevral 2023 Sport
699 0

Ayni kunlarda Rossiyaning Kuzbass viloyatida “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻyinlarda sportchilarimiz ham ishtirok etishmoqda. Dasturga qishki sportning oʻnta turi, jumladan changʻi, konkida uchish, xokkey, snoubord, figurali uchish va boshqalar kiradi. Xokkey turniri doirasida Oʻzbekistonning 2007-2008 — yillarda tugʻilgan yoshlar terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Birinchi marta musobaqalar bir vaqtning oʻzida bir nechta hududlar — Kemerovo, Novokuznetsk, Mejdurechensk, Toshtagol va Sheregesh tomonidan oʻtkaziladi.

Xususan, xokkey boʻyicha Oʻzbekiston va Kemerovo oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda hamyurtlarimiz 7:5 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?