Oʻrta yer dengizining eng xushmanzara plyajlarini bilasizmi?

Turkiya yozgi taʼtilni oʻtkazish uchun eng mukammal maskandir. Ayniqsa, Oʻrta yer dengizi mintaqasining ajoyib plyajlari har yili Turkiyadan va dunyodan millionlab sayyohni qabul qiladi. Oʻrta yer dengizi turkuaz va koʻk bayrogʻli dengizi hamda koʻrkam tabiati bilan barchani oʻziga maftun etadi.
Patara Plyaji
Antaliyaning Kash tumanida joylashgan Patara plyaji Oʻrta yer dengizining eng maftunkor plyajlaridan biridir. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 2020-yil Patara yili deb eʼlon qilinishi plyajning dongʻini dunyoga taratdi. Patara plyaji 12 km uzunlikda boʻlib, mayin qumlari bilan tashrif buyuruvchilarga unutilmas tajribalar taqdim etadi.
Patara plyaji Kashdan taxminan 45 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu plyaj “caretta caretta”(dengiz toshbaqalari) toshbaqalarining tuxum qoʻyish joyi boʻlgani uchun himoya ostida. Shuning uchun, borishdan oldin kirish va chiqish vaqtlari haqida maʼlumot olish foydali boʻladi.
Kaputash Plyaji
Kaputash plyaji Oʻrta yer dengizining noyob plyajlaridan biri boʻlib, Antaliyada Kash va Kalkan oʻrtasida joylashgan. Plyajdan kanyon yoʻli oʻtgani uchun oʻziga xos tabiiy koʻrinishga ega. Turkiya haqidagi reklama yoki targʻibot filmlarida eng koʻp uchraydigan plyajlardan. Kaputash plyajining oʻziga xosligi 187 pogʻonali zinapoyadan tushib borilishidadir. Plyajning noyob fotosuratini olish uchun eng yaxshi joy ushbu zinayapoyalardir.
Kaputashning yana bir kamyob jihati shundaki, togʻlardan oqib tushadigan buloq suvi yer osti suvi sifatida dengizga quyiladi va bu holat plyajning suvini doimo salqin saqlab beradi. Shu bois, sovuq dengizda suzishni istaganlar uchun Kaputash plyaji ayni muddaodir!
Iztuzu Plyaji
Iztuzu Plaji Oʻrta yer dengizining tabiiy va toza plyajlaridan biri boʻlib, 2008-yilda The Times tomonidan Yevropadagi eng yaxshi ochiq maydon, 2011-yilda Zoover va Meteovista tomonidan Yevropaning eng yaxshi plyaji va 2013-yilda Trip Advisor tomonidan Yevropaning 7 eng yaxshi plyaji sifatida tanlangan.
Iztuzu plyaji, shuningdek, caretta caretta toshbaqalarining eng mashhur urugʻlanish joyi boʻlib, 1988-yildan beri himoya ostida. Toshbaqalarga xalaqit bermaslik uchun plyaj soat 20:00 dan 08:00 gacha yopilgan va hududda shovqin qilish, chiroqlarni yoqish taqiqlangan. Bu joy Toshbaqa plyaji deb ham ataladi.
Kleopatra Plyaji
Kleopatra plyaji - Antaliyaning Alaniya tumanida, tarixiy yarim orolning gʻarbiy qismida joylashgan va 2 km uzunlikdagi ajoyib Oʻrta yer dengizi plyaji. Oltin qumlari va keng qirgʻoqlari bilan Turkiyaning eng jozibador plyajlaridan biri boʻlib, dengizi sayoz va tiniq boʻlganligi bois har yili yuz minglab sayyohlarning dengiz, qum va quyoshda dam olishi uchun sevimli maskaniga aylanib ulgurdi. Kleopatra plyaji dengizining tiniqligi tillarda doston boʻlgan va bu yerda koʻzoynak bilan suzuvchilar dengizdagi baliqlarni va suv osti hayotining sehrini yaqqol koʻra olishadi. Plyaj oʻz nomini Misr malikasi Kleopatradan oladi. Hatto Kleopatra va Rim imperatori Antonius bu plyajda suzgan degan fikrlar ham bor.
Beljekiz Plyaji
Beljekiz plyaji Mugʻlaning Fethiye tumanida joylashgan boʻlib, dunyo goʻzali Oʻludengizning yuragidir. Plyaj qumli va keng qirgʻoqlari, turkuaz dengizi va afsonaviy manzarasi bilan Oʻrta yer dengizining eng shohona plyajlaridan. Fethiye tabiatining goʻzalligini toʻliq Beljekız plyajida koʻrish mumkin. Tabiat sporti bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlar uchun ham juda qulay joy. Bu yerda ayniqsa, paraplanda uchish juda mashhur boʻlib, Babadagʻdan boshlanib, Oʻludenizda tugaydigan paraplanda faoliyati uchun mintaqadagi kompaniyalar bilan bogʻlanish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring