Oʻrta Chirchiqdagi sexda 1,1 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida oʻtkazilgan xatlov jarayonida “zangori yoqilgʻi”dan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etilgan.
Tumanning “Yangi turmush” MFYda joylashgan “O.T.M.” oilaviy korxonasiga qarashli ziravor ishlab chiqarish sexida isteʼmolchi ijro-texnik hujjatlarisiz tarmoqqa ulanib olgan holda, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 10 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring