Oʻrta boʻgʻin sudlarida apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritishning huquqiy asosi yaratildi

07:29 07 May 2024 Jamiyat
270 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov «Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Qarori mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi:

Plenum qarorida qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarini shikoyat yoki protest asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida qayta koʻrishning asosiy jihatlari, ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan.

Shuningdek, ushbu hujjatda sudlarda yagona amaliyotni shakllantirishga oid muhim tushuntirishlar ham oʻz ifodasini topgan.

Qonun talabiga koʻra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs sud hujjati chiqarilguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, prokuror protestni chaqirib olishga haqli.

Plenum qarorida apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma bilan bir vaqtda boshqa, misol uchun sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish, dastlabki himoya choralarini koʻrish haqida iltimosnomalar kelib tushgan hollarda dastlab shikoyat berish muddatini tiklash masalasini hal etish borasida ham zarur tushuntirishlar berildi.

Yanada muhimi shundaki, Plenum qarorida hal qiluv qarori bekor qilinganda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrimning qonuniyligi va asoslantirilganini, garchand uning ustidan shikoyat (protest) keltirilmagan boʻlsa ham, tekshirish va uni bekor qilishga haqliligi borasida dolzarb rahbariy koʻrsatmalar berilgan. Ushbu tushuntirish bugungi kun amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolarga amaliy yechim boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер