Orolboʻyi mintaqasini kompleks rivojlantirish va ekologik barqarorligini taʼminlashga oid muhim masalalar muhokama qilindi
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Yalpi majlisda Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori hudud taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.
Mazkur hujjat bilan 2021–2024-yillarda Orolboʻyi mintaqasiga iqtisodiyot tarmoqlarida resurs tejovchi va yuqori samaraga ega zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida “Yoʻl xaritasi” hamda ustuvor innovatsion loyihalar roʻyxati tasdiqlangan.
“Yoʻl xaritasi”ning 7 ta yoʻnalishdagi 71 ta tadbir uchun turli manbalardan 312 mlrd soʻm, 22,2 mln AQSh dollari, 6 mln yevroga teng mablagʻlar sarflanishi, shu bilan birga, qarorda 2021–2024-yillarda bajarilishi rejalashtirilgan 65 ta ustuvor innovatsion loyiha uchun turli manbalardan 1,9 trln soʻmga teng mablagʻ jalb qilinishi, natijada 4,5 mingta ish oʻrni yaratilishi belgilangan.
Hozirda “Yoʻl xaritasi”dagi 7 ta yoʻnalish boʻyicha 71 ta tadbirning 52 tasi bajarilgan va 90 mlrd soʻm oʻzlashtirilgan. Qolgan 19 ta tadbirni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 16 ta tadbir ijro muddatlari 2023-yil yakuniga qadar uzaytirilgan.
Jumladan, Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi bilan hamkorlikda ilmiy-tajriba uchastkasi va ekofiziologik tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Nukus tumanida “Aqlli qishloq” konsepsiyasi asosida yangi zamonaviy turar joylar kompleksini qurish uchun 19,3 gektar yer maydonini ajratish ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi innovatsion agroxizmatlar markazini tashkil etish ishlari yakunlangan. Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik monitoring qilishga ixtisoslashgan 7 ta uskunani oʻrnatish boshlangan.
Senatorlar amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, ayrim loyihalar oʻz vaqtida ishga tushirilmaganligini, shuningdek, saqlanib qolayotgan bir qator kamchilik va muammolar oʻz navbatida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni oʻz vaqtida joriy etilmasligiga, samaradorligining pasayishiga, dolzarbliging yoʻqolishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.
Muhokamalar yakunida masʼullarga qarorda belgilangan qurilish va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan loyihalar ijrosini taʼminlash, masʼul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalar va tadbirlar moliyalashtirilishini amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring