O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

18:11 20 Fevral 2024 Jamiyat
107 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. fuqaro G.S.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot oliygohida o‘qiyotganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib berib, keyinchalik Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga o‘qishini ko‘chirib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  fuqarolar U.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasi oliygohidan Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga ko‘chirib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?