«Oʻqimagan haydovchilar»ni koʻpaytirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

14:31 25 Iyun 2024 Jamiyat
79 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Navoiy, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini olib berishini vaʼda qilgan firibgarlar ushlanganini maʼlum qildi.

Navoiy viloyatida joylashgan «А.В.» MCHJ avtomaktabi rahbari З.М. fuqaro Ш.Ж.нинг ishonchiga kirib, goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida Ш.Ж. va uning turmush oʻrtogʻiga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi holat Fargʻona viloyatida ham sodir etilgan. Fuqaro М.М. boshqa bir fuqaro А.Қ.га 1 ming 300 AQSH dollari evaziga oʻquv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini vaʼda qilib, oldindan 1 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Samarqand tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar У.Т. va Ш.А. fuqaro М.А.га tanishlari yordamida 1 ming AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

«Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер