Oqil Yusuf: Samarali strategiya Oʻzbekistonda xalqaro turizmni tiklashga yordam beradi

Malayziya turizm agentliklari va operatorlari assotsiatsiyasi (MATTA) vitse-prezidenti Oqil Yusuf “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida Oʻzbekistonda ichki turizmni qayta tiklash choralari xususida fikr bildirdi.
— Jahonda turizm sohasi birinchilardan boʻlib koronavirus epidemiyasi taʼsirini boshdan oʻtkazdi. Bundan Oʻzbekiston va Malayziya ham mustasno emas, albatta. Oʻzbekistonda epidemiologik vaziyat nazorat ostida boʻlgani bois, hukumatingiz “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi orqali turizm sohasini va unga zarur boʻlgan infratuzilmani tiklashni rejalashtirmoqda. Oʻylaymanki, bu xalqaro darajadagi turizmni tiklashga tayyorlangan puxta oʻylangan va samarali strategiya boʻladi.
Respublikaning “yashil” va “sariq” hududlarida ichki turizmni tiklashga kelsak, pandemiya oxirida ushbu hududlar turizm sohasining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishini taʼkidlamoqchiman. Masalan, 2019-yilda faqat ichki turizm Malayziya byudjetiga 15 milliard dollar foyda keltirdi. Bu ichki turizmning salohiyati naqadar yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, “Silk Road” loyihasini amalga oshirish nafaqat Buyuk ipak yoʻli mamlakatlarining sayyohlik salohiyatini, balki mintaqaviy turizm mahsulotlari hamda yoʻnalishlarini rivojlantirishga yordam beradi. Xususan, “Visit 3 Stan Countries” yoki “Visit 5 Stan Countries” tur-paketlarini taqdim etish moliyaviy resurslarni tejash va chet ellik mehmonlar xavfsizligini taʼminlash nuqtayi nazaridan sayyohlar uchun yana-da jozibali hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring