OpenAI 500 milliard dollarga baholandi va dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi
OpenAI kompaniyasi xodimlari aksiyalarini sotish boʻyicha kelishuvni yakunlab, oʻz qiymatini 500 milliard dollar darajasiga yetkazdi. Bu haqda Forbes xabar qildi.
Maʼlumotga koʻra, umumiy sotuv hajmi 6,6 milliard dollarni tashkil etdi. Sentyabr oyida OpenAI xodimlarga 10,3 milliard dollarlik aksiyalarini sotishga ruxsat bergan edi.
Aksiyalarni sotib olganlar orasida Thrive Capital, SoftBank Group, Dragoneer Investment Group, MGX va T. Rowe Price kabi yirik sarmoya kompaniyalari bor.
Shu tariqa, OpenAI qiymati boʻyicha dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. U shu koʻrsatkichda Ilon Maskning SpaceX kompaniyasini ortda qoldirdi. Maʼlumotlarga koʻra, SpaceX qiymati taxminan 400 milliard dollarga teng.
Xorijiy OAVning yozishicha, OpenAIning shiddatli oʻsishi sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchi kompaniyalarga sarmoyadorlar qiziqishi keskin oshganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring