Ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

12:11 28 Oktyabr 2025 Jamiyat
149 0

Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, ona tili (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 1-3-noyabr va 8-9-noyabr, shanba va yakshanba kunlari boʻlib oʻtishi belgilangan.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan olishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.

Shuningdek, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.

Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritilmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?