Oʻn toʻqqiz milliardlik “sirli” qarz
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatida 54,2 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʻlsa, bu koʻrsatkich Gʻuzor va Dehqonobod tumanlarida 2 foizdan ortiqroqni tashkil etadi, xolos.
Albatta, yurtimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmoli hisobini yuritishning innovatsion tizimlarini joriy etish, shu jumladan, sohada suv taʼminoti va ishlab chiqarishda izchil islohotlar olib borilmoqda.
Biroq, ayrim hududlarda suv isteʼmolchilariga boʻlgan munosabat hamon eskiligicha qolyapti. Buni davlat vakillik va hokimiyat organlari hamda ommaviy axborot vositalariga kelib tushayotgan murojaatlardan ham koʻrish mumkin.
Xususan, Qarshi shahrida ichimlik suvi tizimini qayta taʼmirlash, aholiga uzluksiz yetkazib berish boʻyicha barcha tashkiliy va moliyaviy masalalar hal etilgan. Ammo, rejadagi ishlarning bajarilishi oʻz holiga tashlab qoʻyilgani sababli kamchilik-nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda. Yaʼni, belgilangan muddatdan ham ortiq vaqt davomida shahar aholisiga ichimlik suvi yetkazib berishning toʻliq toʻxtatilishi, bosimning pastligi yoki maʼlum bir soatlarda berish holatlari kuzatilmoqda.
Afsuski, masʼul idora vakillari tomonidan bunday oʻzi boʻlarchiliklarga aholining keskin eʼtirozlaridan keyingina chora koʻrilyapti. Bu, oʻz navbatida, isteʼmolchilar huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelishi barobarida, odamlarning haqli noroziliklariga ham sabab boʻlyapti.
Bundan tashqari, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun toʻlov undirishda ham muammolar yetarli darajada. Masalan, birgina Qarshi shahri boʻyicha aholining qarzdorligi 19 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda. Bunda aholi xonadonlarida suv hisoblagich uskunalari oʻrnatilmagan qismiga odam boshiga toʻlov belgilangani, suv taʼminotidagi uzilishlar bois aholining oʻzi suvni tashib kelsa ham ularga qarzdorlik hisoblanishi sabab boʻlyapti.
Shu oʻrinda, bu kabi holatlar boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari belgilangan tartibda oʻrganish ishlarini olib borib, masʼullarga qonuniy chora koʻrsalar maqsadga muvofiq boʻlardi.
Farhod ZAYNIYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring