«Omikron» koronavirusning eng yuqumli shtammi emas — JSST

23:20 23 Yanvar 2022 Dunyo
954 0

Foto: Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) eksperti Mariya van Kerkxove koronavirusning «Omikron»dan ham yuqumliroq shtammlari haqida gapirdi.

«Omikron» biz eshitadigan oxirgi variant boʻlmaydi va kelajakda xavotirli variantlar paydo boʻlish ehtimoli juda realdir», deydi ekspert.

Van Kerkxovening fikricha, bu virus qancha koʻp aylansa, uning oʻzgarish qobiliyati shunchalik koʻp boʻladi.

“Albatta, ular koʻproq yuqumli boʻladi, chunki ular hozir aylanib yurgan shtammlarni «quvib” oʻtishlari kerak», deydi ekspert.

Avvalroq Rossiyaning N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ham «Omikron» tufayli yanada xavfliroq COVID-19 mutatsiyasining paydo boʻlishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?