Ombudsman koʻmagida Chernobil AES qatnashchisiga subsidiya ajratildi
Illyustrativ foto
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ga Toshkent shahridan 2-guruh nogironi, Chernobil AES qatnashchisi boʻlgan fuqaro M.N. imtiyozli asosda uy-joy olish boʻyicha murojaati tegishli organlar tomonidan qonun doirasida koʻrib chiqilmayotgani boʻyicha murojaat qildi.
Murojaatchining yozishicha, u oila aʼzolari bilan noqulay sharoitda yashab keladi. Qonunchilik normalarida Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga pul kompensatsiyalari va imtiyozlar nazarda tutilgan boʻlishiga qaramay, uning uy-joy xarid qilish boʻyicha subsidiya ajratish haqidagi murojaati ijobiy hal etilmagan.
Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, oʻrganilishi natijasida fuqaroning shu masalada bir necha yildan buyon tegishli idoralarga murojaat qilayotgani hamda uning murojaatini koʻrib chiqishda tegishli normativ hujjatlar meʼyorlariga toʻliq amal qilinmaganlik holatlari aniqlandi.
Shundan soʻng fuqaro murojaatini qonunchilik asosida koʻrib chiqish boʻyicha tegishli davlat idoralariga murojaat qilindi. Natijada 2-guruh nogironi, Chernobil AES qatnashchisi boʻlgan fuqaro M.N.ga uy-joy xarid qilishi uchun subsidiya ajratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring