Oltinkoʻlda “Oila va xotin-qizlar maskani” ochildi
Oltinkoʻl tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani”ning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan yangi binoda onalik va bolalik xonasi, tibbiyot xonasi, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha oʻquv xonasi, psixolog va yuridik maslahatxonalar faoliyat yuritadi.
— Bu maskanda biz nafaqat turli maslahat va koʻmak olamiz, balki oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, sogʻlom turmush tarzi haqida amaliyotda oʻrganamiz, — deydi “Suv yulduz” mahallasida istiqomat qiluvchi Nilufar Arslonova. — Eng muhimi, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularni qoʻllab-quvvatlashda katta maydon vazifasini oʻtaydi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yangi maskanning ochilishi xotin-qizlar va yosh oilalar hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochishini taʼkidlab, bu kabi markazlar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va jamiyatda barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilishini qayd etdi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring