“Oltin Humo” – ertaga munosiblar taqdirlanadi!

16:31 27 Dekabr 2022 Madaniyat
1316 0

Ertaga, 28-dekabr kuni soat 18:00 da “Kinochilar uyi” kinoteatrida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti taqdirlash marosimi oʻtkaziladi. 

Tadbirda bir qator oʻzbek kinoijodkorlari va kino sohasi vakillari 17 ta nominatsiya boʻyicha mukofotlanadi. Qaysidir maʼnoda ushbu taqdimot oʻzbek kinematografiyasida yil davomida yuz bergan voqeliklar va amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamdir.

Ertaga soat 18:00 dan sovrindorlarni taqdirlash marosimi boshlanadi. Barcha tadbirlar “Kinochilar uyi” kinoteatrida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?