Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

11:57 23 Iyul 2024 Iqtisodiyot
192 0

International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlangan va arizalar joriy yil 15-iyulga qadar qabul qilingan.

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.

Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.

Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Arab davlatlari, Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan 6 nafar xalqaro investor tomonidan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalar kelib tushgan.

Barcha arizalar, ushbu bosqichda belgilangan mezonlarga, xususan:

  • davlat ulushini sotib olish uchun toʻlovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • 660-II sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunga rioya etilishi;
  • talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek, yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagani kerak.

Oʻrganish natijasida barcha arizalar yuqoridagi mezon talablariga muvofiqligi aniqlandi. Shunga koʻra barcha 6 nafar talabgorlar, “Majburiyatga ega boʻlmagan taklif (NBO)”ni tayyorlash uchun ushbu bosqichini boʻyicha batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tegishli jarayon xati orqali individual ravishda yuborildi.

Sotuvga qoʻyilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni oʻz ichiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер