Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov bugun Ispaniyada prof boksdagi ikkinchi jangini oʻtkazadi
Bugun, 25-fevral kuni, Ispaniyaning Sevilya shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu musobaqa “Centro Deportivo San Pablo” sport majmuasida oʻtkazilib, bir qator mashhur bokschilar ringga chiqadi.
Mazkur turnir oʻzbekistonlik muxlislar uchun ham ahamiyatli, chunki roʻyxatdan Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang ham oʻrin olgan. “Parij-2024” Olimpiadasi chempioni hisoblangan bokschimiz professional ringdagi ikkinchi jangida venesuelalik Marlembron Akunyaga qarshi jang qiladi. Mazkur bahs 6 raund etib belgilangan. Bokschilar kecha rasmiy tarozidan oʻtish marosimida qatnashib, belgilangan vazn meʼyoriga mos kelgandi.
Akunya professional boksda 25 ta jang oʻtkazgan, shundan 13 ta gʻalaba, 11 ta magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Abdumalik Xalokov esa prof boksdagi ilk jangida, 2023-yilning 17-noyabr kuni Toshkentda ukrainalik Oleksandr Yegorovga qarshi ringga chiqqan va ikkinchi raundda nokaut evaziga gʻalaba qozongandi.
Bugungi jang Xalokov uchun professional boksda oʻzini yana bir bor namoyon qilish imkoniyati boʻladi. Oʻzbekistonlik muxlislar bokschimizdan yana bir yirik gʻalabani kutishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring