Oʻrta yer dengizi parhezi saraton kasalligiga qarshi kurashda yordam beradi

00:30 11 Oktyabr 2022 Dunyo
1094 0

Illyustrativ foto

2022-yilgi Yevropa gastroenterologiya haftaligida taqdim etilgan yangi tadqiqotga koʻra, Oʻrta yer dengizi parhezi melanomali bemorlarning immunoterapiyaga javobini yaxshilaydi.

Groningen universiteti olimlari boshchiligidagi tadqiqot Buyuk Britaniya va Niderlandiyada olib borildi. Unda melanoma bilan kasallangan 91 bemor ishtirok etdi. Ularning barchasi immunoterapiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biri boʻlgan immun nazorat nuqtasi ingibitorlarni qabul qilishdi. Ushbu dorilar immunitet tizimining nazorat nuqtalarini blokirovka qilish orqali ishlaydi, bu esa tananing T hujayralarining saratonga hujumiga olib keladi. Jarayon muntazam rentgen tekshiruvlari orqali kuzatib borilgan.

Oʻrta yer dengizi parhezi zaytun moyi, yongʻoq, baliqdan olingan mono va koʻp toʻyinmagan yogʻlarga, shuningdek polifenollarga, sabzavotlar, mevalar hamda toʻliq donli tolalarga boy. Bunday parhezga rioya qilgan bemorlar terapiyaga yaxshiroq javob berishdi. Bundan tashqari, ular 12 oyda sezilarli darajada yuqori progressiv omon qolishga ega boʻlganlar.

Olimlarning taʼkidlashicha, bu taʼsir diyetaning ichak mikrobiomasiga taʼsiri bilan bogʻliq. Immunoterapiya turli xil oʻsmalarni, jumladan, oshqozon-ichak trakti saratonini davolash uchun qoʻllaniladi, shuning uchun yangi tadqiqot kelajakda saraton kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarning katta guruhi uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?