Olimlar xulosasi: Vabo epidemiyasining kuchayishi global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq
Foto: Arxiv surat
Ekspetlar kelgusida iqlim o‘zgarishi va global isish tufayli dunyoda ba'zi xavfli epidemiyalar avj olishidan xavotirda. Muammoning dastlabki belgilari allaqachon namoyon bo‘la boshlagan.
Masalan, yog‘ingarchilik va bo‘ronu to‘fonlar masumida vabo kasalligi avj olishi ma'lum. Dekabrdan mart oyigacha bo‘lgan davr yomg‘irli kunlarga boy.
Afrikaning Malavi davlatida xuddi shu oylarda vaboga chalinish holatlari kuzatilayotgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan epidemiologik vaziyat o‘zgarmoqda.
Xususan, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakili Gerrit Maritsning qayd etishicha, o‘tgan yili mart oyiga kelib bu mamlakatda endemik bo‘lgan vabo epidemiyaga aylangan.
Ya'ni qurg‘oqchilik mavsumida vabo tarqalishi kuzatildi. Joriy yilda esa bu holat yana-da kuchaygan. Fevral oyi boshida kunlik kasallanishlar soni 700 taga yetdi. O‘lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu — odatdagidan uch baravar ko‘p ko‘rsatkich.
Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi qayd etilgan. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko‘rsatkichlar o‘rtacha 50 foizga oshganini anglatadi.
Shu bois olimlar iqlimning keskin o‘zgarishi vaboga chalinish holatlari ortishiga sabab bo‘ladi, deb xulosa qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring