Olimlar global isish tufayli insoniyat qirilib ketishini bashorat qilishmoqda

00:44 29 Sentyabr 2021 Dunyo
2527 0

Illyustrativ foto

AQSH va Buyuk Britaniya olimlari global isishning mumkin boʻlgan ssenariylarini modellashtirdilar. 

Mutaxassislar sayyoradagi global isish bilan bogʻliq oʻzgarishlarning uchta modelini taqdim etishdi. Ulardan biriga koʻra, insoniyatning yoʻq boʻlib ketishi kutilmoqda.

“Agar global isish toʻxtatilmasa, 500-yildan keyin Yer shunchalik oʻzgaradiki, biz nafaqat oʻz hayotimizni, balki tarixiy geografik ildizlarga ega boʻlgan madaniyatimizni saqlab qolish uchun kurashishga majbur boʻlamiz”, deyiladi tadqiqotda.

Agar hammasi shu ssenariy boʻyicha ketsa, kelajakda sayyoramizning bir qismi global isish tufayli yashashga yaroqsiz boʻlib qoladi. Unumdor yerlarning yetishmasligi tufayli bir qator qishloq xoʻjalik ekinlari, shu jumladan, bugʻdoy va kartoshka tanqisligi yuzaga keladi.

Shu bois olimlar global isishga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirishdi.

Avvalroq, tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati Raye Kvon Chung global isish va abadiy muzliklarning erishi Sibirda qadimgi viruslarning “uygʻonishi”ga olib kelishi mumkinligini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?