Oliy taʼlim olish istagini bildirgan abituriyentlar soni soʻnggi 7 yildagi eng past nuqtasiga tushib ketdi

11:39 26 Iyun 2025 Jamiyat
233 0

Oʻzbekistonda abituriyentlar soni soʻnggi yetti yil ichida eng past darajaga tushdi. Davlat test markazi maʼlumotlariga koʻra, joriy 2025-yilda respublika boʻyicha 732 ming 411 nafar abituriyent oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun roʻyxatdan oʻtdi. Bu koʻrsatkich soʻnggi yetti yillik davrda kuzatilgan eng kam son hisoblanadi.

Abituriyentlarning gender tarkibiga nazar tashlansa, shundan 346 ming 299 nafarini erkaklar, 386 ming 112 nafarini ayollar tashkil etmoqda. Bu esa jami roʻyxatdan oʻtganlarning 52,7 foizi ayollar hissasiga toʻgʻri kelayotganini koʻrsatadi.

Maʼlumot uchun, roʻyxatdan oʻtish jarayoni kecha, 25-iyun kuni soat 23:59 da yakunlandi. Shu sababli hozircha toʻlovlarni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovida qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi mumkin.

Soʻnggi yillarda abituriyentlar sonida quyidagi tendensiya kuzatilgan: 2019-yilda 1 million 66 ming 925 nafar, 2020-yilda esa rekord darajada — 1 million 484 ming 85 nafar roʻyxatdan oʻtgan. 2021-yilda bu koʻrsatkich 948 ming 211 nafarni, 2022-yilda 1 million 214 ming 232 nafarni, 2023-yilda esa 1 million 18 ming 7 nafarni tashkil etgan. 2024-yilda abituriyentlar soni 894 ming 279 nafar boʻlgan boʻlsa, joriy yilda 732 ming 411 nafarga tushgan.

Taqqoslash uchun, 2020-yildagi eng yuqori koʻrsatkichdan bu yil roʻyxatdan oʻtganlar soni qariyb ikki baravar kamaygan. Bunday dinamika tahlil qilinishi va sabablari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar keyinroq eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер