Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi

19:44 08 Iyul 2021 Jamiyat
1199 0

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlum qildi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich 47 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Mehnatkash, fidoyi inson Abdurahim Qurbonovning yorqin xotirasi deputatlik korpusi vakillarining qalbida mangu yashaydi" deyiladi taʼziya xabarida.

“Xalq soʻzi” gazetasi tahririyati ham  marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?