Ogoh boʻling: ushbu mahsulotlar erta qarishga sabab boʻladi
Foto: gastronom.ru
Ispaniyalik diyetolog Yelena De la Fuente “La Vanguardia” nashriga bergan intervyusida erta qarishga sabab boʻladigan mahsulotlarni maʼlum qildi.
Diyetologning qayd etishicha, spirtli ichimliklar, qovurilgan kartoshka, shakar hamda shakarli ichimliklar, tuz va margarinni haddan ortiq isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan yangilanish jarayonining buzilishi hujayralarning erta qarishiga olib keladi.
Bunga esa transyogʻlar sabab boʻladi. Xususan, ular keyinchalik Alsgeymer kasalligini ham keltirib chiqarishi mumkin. “Agar juda ham yogʻli narsa yegingiz kelayotgan boʻlsa, margarin oʻrniga sariyogʻdan foydalanganingiz yaxshiroq”, deydi mutaxassis.
Spirtli ichimlikning zarari esa uning tanani suvsizlantirishi bilan bogʻliq. Bu yoʻnalishda olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatganki, koʻp miqdordagi spirtli ichimliklarni isteʼmol qilgan bemorlarning tanasida biologik qarishni keltirib chiqaradigan telomerlar sezilarli darajada qisqarib ketgan.
Tuz ham yosh oʻtganda salomatlikka yomon taʼsir qiladi. Buning oldini olish uchun esa tuzni tabiiy ziravorlar bilan almashtirish yaxshi samara beradi, masalan, yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega zarchiva bilan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring