Ogʻir atletika: Sharofiddin Amriddinov Osiyo chempioni, Qudratbek Salimjonov 5 ta medal qoʻlga kiritdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
-102 kg. vazn toifasida yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslar oʻz nihoyasiga yetdi.
Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Qudratbek Salimjonov har ikkala yosh toifasida va Sharofiddin Amriddinov yoshlar oʻrtasida himoya qildi.
Qudratbek Salimjonov oʻsmirlar oʻrtasida dast koʻtarishda 156 kg., siltab koʻtarishda 168 kg. va ikkikurashda 324 kg. bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Ushbu vaznlar Qudratbek uchun yoshlar oʻrtasida ham dast koʻtarish va ikkikurashda bronza medallarini olib berdi.
Amaldagi Jahon shempioni Sharofiddin Amriddinov esa Osiyoda ham tengsiz ekanligini isbotladi.
Dast koʻtarish mashqidan birinchi urinishidayoq 159 kg. bilan chempionlikni naqd qildi va keyingi urinishida ikkikurash uchun zahira yigʻdi. Siltab koʻtarishda esa asosiy raqobat Qozogʻistonlik sportchi boʻldi. Ammo yurtdoshimiz jahon chempioni qitʻada ham tenzgsizligini isbotladi. Ikkikurashda esa Sharofiddin eng yaqin raqibini 12 kg. ortda qoldirib 362 kg. bolan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Oʻsmirlar -102 kg.
Natijalar:
1. Nikita Abdurakhmanov (Qozogʻiston) - 354 (158+196) kg.,
2. Qudratbek Salimjonov (Oʻzbekiston) - 324 (156+168) kg.,
3. Ismail Ali (Suriya) - 296 (135+161) kg.
Yoshlar -102 kg.
Natijalar:
1. Sharofiddin Amriddinov (Oʻzbekiston) - 362(165+197)kg.,
2. Nikita Abdurakhmanov (Qozogʻiston) - 354 (158+196) kg.,
3. Qudratbek Salimjonov (Oʻzbekiston) - 324 (156+168) kg.
Shu tariqa, yoshlar oʻrtasida Sharofiddin Amriddinov 3 ta oltin qoʻlga kiritib Osiyo chempioni degan nomga sazovor boʻldi, oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Qudratbek Salimjonov 3 ta kumush, 2 ta broza medalni qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring