Ogʻir atletika: kattalar oʻrtasida navbatdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi

01:41 18 Oktyabr 2022 Sport
847 0

Shu yilning 6 — 16-oktyabr kunlari Bahraynning Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida navbatdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. 

Unda Qitʼamizning 30 mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Murosasiz bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor boʻlgani, shuningdek, yigitlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan birinchi pogʻonani egallashgani haqida maʼlum qilgan edik.

Bugun musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi. Jamoamizni kutib olish marosimida Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi vakillari, atletlarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

Terma jamoa aʼzolari qisqa hordiqdan soʻng soʻng joriy yilning dekabr oyida Kolumbiyaning Bogota shahrida oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?