OʻFA bilan maktablarda bolalar futbolini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi
102-umumtaʼlim maktabda Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov oʻrtasida imzolangan hamkorlik bitimida vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalaridagi bolalar va oʻsmirlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular ishtirokidagi futbol musobaqalarini tashkil etishga kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik bitimini tuzishdan koʻzlangan asosiy maqsad umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan musobaqalar natijasiga koʻra iqtidorli bolalarni saralab olish, sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, futbol mahorat maktablari, olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga tanlab olishdan iboratdir.
Shuningdek, maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Maktab ligasi” musobaqalarini oʻtkazish, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining futbol boʻyicha bilimlarini oshirib borish, taniqli sportchilar bilan oʻquv va amaliy seminarlar tashkil etish, umumtaʼlim maktablari orasidan futbol sport turini ommalashtirishga koʻproq hissa qoʻshayotgan maktablarni har chorakda ragʻbatlantirib borish choralari koʻzda tutilgan.
Oʻzaro doʻstona ruhda oʻtgan tadbir davomida mazkur rejalarni hamkorlikda bajarish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring