Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan shaxslar Turkiyada qoʻlga olindi
Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan 1962-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan fuqaro M.B. hamda 1987-yilda tugʻilgan fuqaro N.N. tezkor tadbir davomida qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan.
“Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish soʻraladi”, — deyiladi Bosh konsulxonasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring