Obamalar oilasi AQSH prezidentlik saylovida kimga ovoz berish kerakligini aytishdi

11:20 22 Avgust 2024 Dunyo
96 0

Foto: iheart

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama Demokratik partiyaning Chikagodagi milliy qurultoyida kutilmaganda chiqish qilib, vitse-prezident Kamala Xarrisni qattiq qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda “France 24” nashri xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Barak Obama Xarrisni “xalqini koʻrib, eshitadigan” va har kuni Amerika xalqi uchun kurashishga tayyor odam sifatida maqtadi. U Xarrisga “ha, u qila oladi” degan sobiq prezident.

Mishel Obama ham bu fikrni takrorlab, Xarrisni “mening qizim” deb taʼrifladi. Obamalar oilasi boʻlajak prezidentga kerak boʻladigan barcha xislatlar Kamalada borligiga ishonishlarini va xalq uchun eng toʻgʻri tanlov u boʻlishini bildirishgan.

Xarrisning turmush oʻrtogʻi Dag Emhoff ham qurultoyda soʻzga chiqib, demokratlar nomzodini prezidentlikka tayyor ekanini bildirdi. Dagning fikricha, Kamalani ushbu qiyin paytlarda mamlakatni boshqarish uchun muhim hisoblanadigan mehribonlik va qattiqqoʻllikning noyob uygʻunligi sifatida tarifladi.

Demokratik partiya Xarris va uning ortida turgan siyosiy elita sababli ham oʻz nomzodlarining gʻolib boʻlishiga qattiq ishonishmoqda. Donald Tramp esa boshqa yoʻlni tanlagan. U asosan tadbirkorlar bilan birlashib, xalqqa turli vaʼdalarni bermoqda.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Barak Obama 2009-yildan 2017-yilgacha Qoʻshma Shtatlarning 44-prezidenti boʻlib ishlagan va bu lavozimni egallagan birinchi afro-amerikalik edi. Prezidentlik davrida u “Affordable Care Act”ni qabul qilgan, “Parij kelishuvi” deb nomlanuvchi global iqlim oʻzgarishi boʻyicha kelishuvda ham muhim rol oʻynagandi. Uning kabineti 2009-yilda xalqaro diplomatiyani mustahkamlashdagi saʼy-harakatlari uchun Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

Avvalroq, “Barselona”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер