Donald Tramp Qatarga qarshi har qanday hujumni AQSH xavfsizligiga tahdid deb eʼlon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Qatar hududiga, suverenitetiga yoki strategik ahamiyatga ega infratuzilmasiga qaratilgan har qanday qurolli hujumni AQSH xavfsizligiga tahdid sifatida baholash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy saytida eʼlon qilingan hujjatda maʼlum qilindi.
Hujjatga koʻra, bunday holatda Qoʻshma Shtatlar barcha qonuniy va zarur choralarni, shu jumladan diplomatik, iqtisodiy va zarurat tugʻilganda harbiy choralarni ham koʻradi. Bu AQSH va Qatar manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni tiklashga qaratilgan.
Farmonda taʼkidlanishicha, AQSH va Qatarni koʻp yillik yaqin hamkorlik, umumiy manfaatlar va mustahkam harbiy munosabatlar bogʻlab turibdi. Qatarda AQSH harbiy kontingenti joylashgan boʻlib, mamlakat mintaqaviy va global barqarorlikni taʼminlashda Vashingtonning muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatda AQSH siyosati Qatarni tashqi tajovuzdan himoya qilish va uning xavfsizligi hamda hududiy yaxlitligini kafolatlashga qaratilgani qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida Isroil Qatar poytaxti Dohaga zarba berib, bir harbiy xizmatchi halok boʻlgan edi. Zarba maqsadi sifatida HAMAS harakati rahbarlari koʻrsatilgan. Keyinroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Qatardan rasmiy uzr soʻragan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring