Nurota tumanida yangi investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Nurota tumanidagi “Chuya” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “FHH Garden Flower” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 7 million AQSH dollariga teng boʻlgan (shundan 5 million dollari kredit mablagʻlari) ozuqa ekinlarini yetishtirish, chorvachilik va parrandachilik kompleksi tashkil etish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Tuman hokimi Azamat Fayziyev loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashib, loyiha konsepsiyasi, ishlab chiqarish quvvatlari va istiqboldagi ish oʻrinlari bilan tanishdi.
Shuningdek, loyiha uchun zarur infratuzilma yaratish, kadrlar tayyorlash va ekologik talablarni toʻliq bajarish masalalari muhokama qilindi, — deydi A. Fayziyev. — Loyihani amalga oshirishdan maqsad mahalliy aholiga yangi ish oʻrinlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va tuman iqtisodiy salohiyatini oshirishdan iborat.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Nurota azal-azaldan chorvadorlar diyori hisoblanib, uning qadim dovrugʻini tiklash maqsadida Moʻgʻulistondan “Bayat” zotli qoʻylar bosqichma-bosqich keltirilmoqda. Shu jihatdan mazkur loyiha oʻta muhim ahamiyatga ega.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring