Nurobod chinnigullari Rossiyaga eksport qilinmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Butun dunyo boʻylab chinnigullarning 300 dan ortiq turlari mavjud boʻlib bugungi kunda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi “Sazagʻon” mahallasida joylashgan “SAM AGRO FLORA” MCHJga qarashli issiqxonalarda ularning 30 ga yaqin turi parvarishlanmoqda.
1,6 gektar maydondagi mazkur 2 ta issiqxonada har hafta umumiy qiymati 5 ming dollar boʻlgan 50 ming dona chinnigullar yetishtirilib, ichki bozorlarga chiqariladi va Rossiyaga eksport qilinmoqda.
— “SAM AGRO FLORA” MCHJning yillik ishlab chiqarish hajmi 2 million donadan ortiqni tashkil qilib, eksportning yillik oʻrtacha hajmi qariyb 500 ming AQSH dollariga teng, — deydi MCHJ rahbari Bekmurod Jabborov. — Gulning eksport hajmi mavsumga hamda bozordagi konyukturaga bogʻliq.
Issiqxonalarda gul yetishtirish mavsumiga qarab 20 nafardan 30 nafargacha ishchi mehnat qiladi. Bugungi kunda bu yerda chinnigullar bilan birga ularning urugʻlari ham yetishtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring