Nuri Shahin: “Eldorda yulduzlik kasali yoʻq, Abbosni esa uzoq kutgandik“
Kecha, Turkiya Superligasi doirasida “Bashakshexir“ jamoasi safarda “Qosimposho“ klubini 3:1 hisobiga magʻlubiyatga uchratdi. Mazkur oʻyindan soʻng tashkil etilgan matbuot anjumanida Istanbul klubi ustozi Nuri Shahin oʻzbekistonlik futbolchilar haqida fikr bildirdi. Bu haqida Turkiyaning “Hurriyet“ nashri xabar berdi.
“Eldor juda yaxshi futbolchi va shu bilan birga kamtar, ajoyib inson. Unda yulduzlik kasali yoʻq. U aqlbovar qilmaydigan darajada professional. Yaratgandan u istagan barcha narsalarga erishishini tilayman“, degan, murabbiy Shomurodov haqida gapira turib.
Shuningdek, Nuri Shahin Abbosbek Fayzullayev haqida ham quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
“Abbos uchun bu yangi chaqiruv boʻldi. Biz uning darajasini juda yaxshi bilamiz va shu sababli ham u ayni vaqtda biz bilan. Ular oʻyin taqdirini oʻzgartirib yuborishga qodir futbolchilar. Nihoyat bugun Abbos jarimadan super gol urdi va gʻalabamizga munosib hissa qoʻshdi. Biz Abbosni juda uzoq kutdik. U bir necha bor jarohat oldi va sekin-asta tiklandi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring