Nurafshonda 60 million soʻmlik sifatsiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro N.X. “Cobalt” rusumli avtotransport vositasida umumiy bahosi 60 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 3 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shaharida sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring