Nukusda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazi ochildi
Foto: G'.Otajonov / “Xalq soʻzi”
Nukus shahrida joriy yilning 20-21 oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi madaniyat markazi tashabbusi bilan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Tadbirda O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini ifodalovchi bir necha yo‘nalishlarda ko‘rgazmalar tashkil qilindi, – deydi institut matbuot xizmati rahbari Islam Matekov. – Xususan, adabiyot, madaniyat, san’at, tarix yo‘nalishlarida ikki davlat munosabatlari, shu bilan birga, qardosh ozarbayjon xalqining milliy kiyimlari, san’at namunalari, badiiy asarlari namoyish qilindi.
Ozarbayjon delegatsiyasi a’zolari qoraqalpoq adabiyoti, san’ati, madaniyati durdonalari, ayniqsa, Ajiniyoz, Berdaq, Ibrohim Yusupov, To‘lepbergen Qayipbergenovlarning asarlari, qoraqalpoq xalq dostonlari ozarbayjonlik kitobsevarlar orasida mashhurligini aytib, shu yo‘nalish bo‘yicha ikki tomonlama ilmiy faoliyatni olib borish uchun o‘z takliflarini bildirdi.
Tadbir institut talabalari hamda Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan san’at namoyandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.
G‘.Otajonov, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring