Nukusda fuqarolarni DXXga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlib 65 ming dollar olgan firibgar ushlandi
Illyustrativ foto
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida yashovchi, 1983-y.t. K.J. aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 11 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan ulardan jami 65 ming AQSH dollari olganligi ham aniqlandi.
Taʼkidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring