Nukus voqealari boʻyicha komissiya parlamentga axborot berdi
Foto: Senat
Nukus voqealari boʻyicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi, deb xabar bermoqda OʻzA.
Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga koʻra oilasiga qaytarilgan.
Qoraqalpogʻistonda yuz bergan voqealarning ishtirokchilaridan 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6 135 nafariga maʼmuriy jarima, 2 639 nafariga maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.
Tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining ogʻir tan jarohati olishi va halok boʻlishi, shuningdek, fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda — 6,8 mlrd soʻm moddiy zarar yetgan.
Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro, shu jumladan 2 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari vafot etgan va 413 nafari jarohatlangan (shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari).
Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish jarayonlarida inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini buzishga yoʻl qoʻygan ichki ishlar organlari xodimlarining 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring