Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparki tashkil etiladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qoraqalpogʻistonda sanoat loyihalarini koʻpaytirish maqsadida mutasaddilarga:
— Investorlarga koʻmak markazini tashkil etish, unda qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit va kompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga koʻmaklashish boʻyicha bepul xizmatlar koʻrsatish;
— Investorlarga koʻmak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;
— Kegeyli va Xoʻjayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;
— besh yil muddatga faqat Qoraqalpogʻiston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom ashyolarni, mamlakatimiz boʻylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish va boshqa topshiriqlar berildi.
Davlatimiz rahbari Qoraoʻzakda mis ishlab chiqarish, Qoʻngʻirotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qoʻllab-quvvatladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring