“Nukus: Besh tashabbus harakati – 2022” forumi oʻtkazildi
Foto: Халқ сўзи
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholining turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish orqali ish oʻrinlarini yaratish, hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yangi bosqichga olib chiqish uchun Orolboʻyi tumanlariga poytaxt va viloyat hokimliklari biriktirilganidan xabaringiz bor.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi markazi – Nukus shahrida Toshkent shahar hokimligi va tadbirkorlari tomonidan bunyodkorlik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish yoʻlida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadiga yoʻnaltirilgan “Nukus: Besh tashabbus harakati – 2022” forumi ham poytaxt vakillari faolligi hamda koʻmagida oʻtkazildi.
Forum doirasida “Bilim ring” intellektual oʻyini, bir necha sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtirildi. Jumladan, “Bilim ring” intellektual oʻyinida Orolboʻyi tuman va shaharlaridan 16 jamoa qatnashib, qizgʻin bahslar yakunida Qonlikoʻl tumanining “Madaniyat yoshlari” jamoasi birinchi oʻrinni egalladi.
Nukus shahridagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida voleybol, mini futbol, arqon tortish, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat boʻyicha oʻtgan musobaqalar ham qiziqarli va murosasiz kechdi. Musobaqa gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Forum I. Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi oldidagi maydonda konsert dasturi bilan yakunlandi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston sanʼat ustalari, estrada yulduzlari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yuzlab yoshlarga zavq-shavq bagʻishladi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M. Kamalov, Toshkent shahri hokimi J. Ortiqxoʻjayev ishtirok etdi.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring