Noyob koʻchmanchi jonivorlarga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytiraylik
Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiya davom etmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanning ikkinchi kunida yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlari va ularning yashash joylarini saqlash masalasini hal qilish boʻyicha transchegaraviy va mintaqaviy hamkorlik harakatlari bilan bogʻliq qator masalalar muhokama etildi.
Konferensiyada soʻzga chiqqanlar mazkur tadbir dunyoda iqlim oʻzgarishlari kuchayib borayotgan bugungi sharoitda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi atrof-muhit holati toʻgʻrisida”gi Milliy maʼruzaning taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Maʼruzalar va taqdimotlarda ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqib koʻplab kelishuvlarga erishilmoqda.
Samarqandda oʻtayotgan ushbu xalqaro konferensiya doirasida “Koʻchib yuruvchi noyob hayvonot olami” nomli rasmlar koʻrgazmasi ochildi.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat sektori rahbarlari, diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Koʻrgazmada 2024-yil yanvar oyida Oʻzbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Badiiy akademiya va Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi hamkorligida tashkil etilgan plener natijasida 40 nafar yosh rassomning 100 ga yaqin rasmlari namoyish qilindi.
Ijodiy plenerdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob koʻchmanchi jonivorlarga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytirish, mamlakatimizning noyob tabiiy merosini namoyish etish, yosh avlodning ekologik madaniyati va ongini yuksaltirishdan iborat.
Koʻrgazma bir oyga yaqin mahalliy aholi va mehmonlar uchun ochiq boʻladi. Koʻrgazma natijalariga koʻra, eng yaxshi asarlar vakolatli hakamlar hayʼati tomonidan tanlab olinadi va ularning mualliflari taqdirlanadi.
Konferensiya doirasidagi tadbirlar davomida Oʻzbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov qator nufuzli mehmonlar, delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar ham oʻtkazmoqda.
Xalqaro forum davom etmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring