Novosibirsk — Tyumen aviareysida uchgan oʻzbekistonliklarda koronavirus aniqlanmadi
Illyustrativ surat
Joriy yilning 3-fevral kuni Novosibirsk — Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlangan, natijada Nur-Sultan-Novosibirsk-Tyumen reysining barcha yoʻlovchilari (ularning orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor) kasalxonalarga joylashtirilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi mutaxassislari aviareysda parvoz qilgan 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi bilan bogʻlandi. Aniqlanishicha, ular Qozogʻiston orqali avtobusda Rossiyaga yetib olmoqchi boʻlgan. Biroq Qozogʻistondagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Nur-Sultan shahrida aviaparvoz xizmatidan foydalangan. Nur-Sulton shahridan Tyumenga uchgan samolet yoʻlovchilari qatoriga Novosibirsk shahrida Xitoy fuqarosi qoʻshiladi. Oradan 3 kun oʻtib, uning koronavirusga chalingani aniqlanadi. Shundan soʻng Rossiya hukumati mazkur virusning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida Nur-Sultan—Novosibirsk—Tyumen aviareysida parvoz qilgan barcha yoʻlovchilar bilan bogʻlanib, ularni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishga kirishadi.
Hozirda Nur-Sultan—Novosibirsk—Tyumen aviareysida parvoz qilgan barcha yoʻlovchilar qatori oʻzbekistonliklar ham tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan. Tahlillar oʻzbekistonliklarning birida koronavirus uchramaganini tasdiqladi, qolgan 2 nafar fuqaro esa tahlil natijalarini kutmoqda. Biroq ularning hech birida koronavirus belgilari (yoʻtal, tana haroratining koʻtarilishi, qusish, diareya, oʻpka yetishmovchiligi) kuzatilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring