Norvegiyalik mutaxassislar “AstraZeneca” va “Johnson & Johnson” vaksinalaridan voz kechishga chaqirishmoqda

00:25 11 May 2021 Dunyo
1310 0

Buyuk Britaniya va Shvetsiya “AstraZeneca” hamda Amerikaning “Johnson & Johnson” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni Norvegiyada emlash dasturi doirasida ishlatilmasligi kerak. Ushbu tavsiya vaksinalar boʻyicha hukumat ekspertlar guruhi tomonidan bildirilgan. Bu haqda mahalliy “NRK” telekanali dasturida aytib oʻtilgan.

11-mart kuni Norvegiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinalardan foydalanish toʻxtatildi. Bunday qarorga emlanganlarda qon quyuqlashishi — tromboz holati paydo boʻlishi haqidagi maʼlumotlar tufayli kelingan. Shu bois Norvegiya sogʻliqni saqlash agentligi “AstraZeneca” vaksinasini emlash dasturidan chiqarishga chaqirmoqda.

Bir kun oldin, 9-may kuni Yevropa Ittifoqi “AstraZeneca” vaksinasini qayta sotib olishdan bosh tortdi. Aprel oyida esa Yevropa Komissiyasi “AstraZeneca”ni yetkazib berish jadvalini buzganligi uchun sudga bergandi.

Yevropaning bir qator mamlakatlari “AstraZeneca” bilan emlashni toʻxtatdi yoki taqiqladi. Ommaviy axborot vositalarida emlashdan keyin oʻlim holatlari haqida xabarlar paydo boʻldi. Oʻz navbatida, ushbu vaksinani ishlab chiqaruvchilari uning xavfsizligini bot-bot taʼkidlashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?