Norvegiya Jahon chempionati saralashida Isroilga qarshi oʻynashdan bosh tortdi
Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti va sobiq futbolchisi Lise Klaveness bahsli bayonotini eʼlon qildi. Unga koʻra, Norvegiya 2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Isroilga qarshi oʻynashdan bosh tortdi. Bu haqida “i24NEWS” nashri xabar berdi.
“Norvegiya futbol federatsiyasi Norvegiya hukumatining Gʻazoda begunoh tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan hujumlarni darhol toʻxtatish talabi bilan bir pozitsiyada turadi. Hech birimiz Gʻazodagi tinch aholiga Isroil tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilgan hujumlarga befarq qololmaymiz”, — dedi federatsiya prezidenti.
Klavenessning taʼkidlashicha, Norvegiya mamlakati Falastin futbol federatsiyasiga boshqa koʻplab yevropalik federatsiyalardan koʻra yaqinroq. Norvegiya soʻnggi 10-yildan buyon Falastinda faoliyat yuritib – oʻqituvchilar hamda bolalar uchun maktablarda va qochqinlar lagerlarida futbol faoliyatini tashkil qilib kelmoqda.
“Isroil hanuz UYEFA musobaqalarida qatnashmoqda. Biz bunga qarshi turishimiz kerak. Biz FIFA, UYEFA va Norvegiya hukumati bilan holatni yaqindan kuzatib bormoqdamiz, Norvegiya xalqaro maydonda Isroilga qarshi sanksiyalar qoʻllash borasidagi chaqiriqlarda ham faol qatnashmoqda”, — deydi federatsiya rahbari.
Maʼlumot uchun, Norvegiya va Isroil terma jamoalari 2025-yil 25-mart hamda 11-oktyabr kunlari Jahon chempionati saralashi doirasida uchrashishlari kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring